Haydashmasa, ketmayman — Anchelotti

«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Madrid klubidan ketishi haqidagi mish-mishlarga javob berdi. Avvalroq tarqalgan xabarlarda u Braziliya terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lgani aytilgandi.
Buni eshitib, ochig‘i, Anchelotti ham hayron.
«Bu yerdan haydashmagunlaricha ketmayman», — Anchelottining so‘zlarini keltirdi Marca.
Eslatib o‘tamiz, kecha klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubini 5:3 hisobida yenggan «Real» o‘z tarixida 5-marta ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter