Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman: «Real» navbatdagi katta transferni amalga oshirdi

Rasman: «Real» navbatdagi katta transferni amalga oshirdi

Angliya terma jamoasi va «Liverpul» klubi himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold rasman «Real Madrid» safiga qo‘shildi. Bu haqda klublar 30-may kuni rasman e’lon qildi. 

26 yoshli futbolchi 2025-yil 1-iyundan boshlab «Real Madrid» bilan 2031-yilgacha mo‘ljallangan olti yillik shartnoma imzoladi. Uning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 30-iyun kuni yakunlanishi kerak edi, ammo Ispaniya klubi futbolchini FIFAning yangi formatdagi Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishi uchun oldinroq olib kelishga qaror qildi. 

Buning uchun «Real Madrid» «Liverpul»ga 10 million funt sterling Aleksandr-Arnoldning «Real Madrid»dagi debyuti 18-iyun kuni Mayamida bo‘lib o‘tadigan Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida «Al-Hilol»ga qarshi uchrashuvda bo‘lishi kutilmoqda. 

Trent Aleksandr-Arnold «Liverpul» akademiyasiga 6 yoshida qo‘shilgan va 2016-yilda asosiy jamoada debyut qilgan. U klub safida 354 ta o‘yinda ishtirok etib, 23 ta gol urgan va 92 ta golli pas amalga oshirgan. U «qizillar» safidagi faoliyati davomida 9 ta katta sovrin, jumladan, Chempionlar ligasi, ikki marta Angliya Premer-ligasi chempionligi va FIFA Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. 

Aleksandr-Arnold «Real Madrid»da o‘zining yaqin do‘sti va Angliya terma jamoasidagi hamkasbi Jud Bellingem bilan birga harakat qiladi. 

Uning ketishi bilan «Liverpul» klubi himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida «Bayer Leverkuzen» himoyachisi Jeremi Frimpongni 30 million funtga xarid qilishni rejalashtirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring