Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Anchelottiga jiddiy ayb qo‘yilmoqda

Anchelottiga jiddiy ayb qo‘yilmoqda

«Real Madrid» jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblanmoqda. Bu haqda «El Mundo» nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 64 yoshli mutaxassis 400 ming yevroni deklaratsiya qilmagan. 2014 yilda Karlo «Qirollik klubi»da ilk bor ishlaganida, u imij huquqidan tushgan daromadning bir qismini yashirgan. Shu munosabat bilan Anchelotti moliyaviy firibgarlik ishi bo‘yicha sudga chaqiriladi.

Ma’lumot uchun, Anchelotti 2021 yilning yozidan buyon «Real»ni boshqarib keladi. U ushbu klubni 2013-2015 yillarda ham boshqargan. Italiyalik mutaxassis futbol tarixida Yevropaning eng kuchli beshta milliy chempionatlari – Angliya, Germaniya, Ispaniya, Italiya va Fransiyada g‘alaba qozongan birinchi murabbiy hisoblanadi. Anchelotti, shuningdek, UEFA Chempionlar Ligasida murabbiy sifatida eng ko‘p g‘alaba qozonish bo‘yicha ham rekordchidir: 2003 va 2007 yillarda u «Milan» bilan, 2014 va 2022 yillarda «Real Madrid» bilan g‘olib bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring