«Haj»ga yubormoqchi bo‘lgan firibgarlar qo‘lga olindi

DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan turistik firma xodimi — 1997-yilda tug‘ilgan shaxs Boyovut tumanida yashovchi 2 nafar fuqaroni «Haj» ziyoratiga yuborish evaziga 12 800 AQSh dollari olgan vaqtda qo‘lga olindi.
Tekshiruv davomida mazkur turfirmaning yana ikki nafar — 1980 va 1994-yillarda tug‘ilgan xodimlari ham fuqarolarning ishonchiga kirib, ziyorat safariga yuborish va’dasi bilan pullarini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirish sxemasini yo‘lga qo‘yganliklari aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qonunbuzarlardan ikki nafariga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda hamda ushbu holatdan jabr ko‘rgan boshqa fuqarolarning shaxsini aniqlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Shuningdek, Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan shaxs ham «Haj» amallarini ado etish uchun Toshloq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni muborak safarga yuborish bahonasida undan 11 ming AQSh dollari olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter