O‘zbekiston va Belarusda rossiyaliklarni aldagan koll-markazlar fosh etildi

O‘zbekiston va Belarus hududlarida Rossiya fuqarolarini turli yo‘llar bilan aldab, pullarini qo‘lga kiritib kelgan koll-markazlar faoliyati to‘xtatildi.
Uning ta’kidlashicha, xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida har ikki mamlakatda joylashgan firibgarlik markazlari aniqlanib, faoliyati tugatilgan.
«Ushbu markazlar Rossiya fuqarolarini aldash orqali ularning mablag‘larini o‘zlashtirgan. Hozirda xalqaro hamkorlik doirasida tergov-operativ guruhlar faoliyat yuritmoqda», – dedi Filippov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi koll-markazlar Rossiyaning o‘zida ham aniqlanmoqda. Xususan, Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk va Yakutiyada joylashgan bunday markazlar fosh etilgan.
Ma’lum qilinishicha, 2024-yil davomida IIV tomonidan 10 mingdan ziyod masofaviy talonchilik holati bo‘yicha jinoyat ishlari sudga yuborilgan. Bunday holatlarning aksar qismi uyushgan jinoiy guruhlar tomonidan amalga oshirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter