Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quyoshda kuchli chaqnash ro‘y berdi

Quyoshda kuchli chaqnash ro‘y berdi

24 soat ichida Quyoshda bir nechta chaqnashlar qayd etildi, ularning eng kuchlisi X6.3 edi. Bu 2017 yildan beri eng kuchli chaqnashdir. Yer yuzida hayot va infratuzilma uchun hech qanday xavf yo‘q.

Quyosh uchun bunday xatti-harakatlar kutilmagan emas. Yulduzimiz davriy aktivlik sikllaridan o‘tadi: taxminan har 11 yilda uning magnit maydoni qutblilikni o‘zgartiradi – ya’ni shimoliy va janubiy magnit qutblari joylarini o‘zgartiradi.

Kuchli quyosh chaqnashlari uchta toifaga bo‘linadi: S — eng zaif, M — o‘rta guruh va X — eng kuchli.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring