Oyda quyosh botishi ilk marta suratga olindi

Firefly Aerospace va NASA tarixda birinchi marta Oyda quyosh botishi yuqori tiniqlikda tasvirlangan suratlarni taqdim etdi.
Noyob kadrlar o‘tgan dam olish kunlari Blue Ghost qurilmasi tomonidan olingan. Bu qurilmaning quyosh nuri yetishmasligi sababli o‘chishi oldidan bajargan so‘nggi ishi. Suratlarning birida olisdagi Zuhro (Venera) sayyorasi ham ko‘rinib qolgan.
Blue Ghost — Oyga tik (vertikal) qo‘ngan ilk xususiy zond bo‘lib, zimmasidagi vazifani to‘liq uddaladi. Oy tuni cho‘kkanidan so‘ng ham qurilma besh soat davomida suratlar olish va ilmiy ma’lumotlarni to‘plashda davom etgan.
Firefly aprel boshida, ikki haftalik Oy tunlari tugagach, qurilmani yana faollashtirishga urinib ko‘radi. Biroq ekstremal past haroratlardan so‘ng Blue Ghost ishlab ketishi savol ostida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter