Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy 2050-yilda «sun’iy quyosh»dan energiya olmoqchi

Xitoy 2050-yilda «sun’iy quyosh»dan energiya olmoqchi

Illyustrativ foto

Xitoy 2050-yilda sof energiya beruvchi termoyadroviy sintez texnologiyasini ishga tushirmoqchi, deb xabar berdi Tiger Brokers nashri.

«Sun’iy quyosh» deb atalayotgan bu qurilma qizigan plazmani ushlab turish va termoyadroviy reaksiyalarni qo‘llash uchun kuchli magnit maydonlaridan foydalanuvchi tokamak uskunasidan iborat. Xitoy milliy yadro korporatsiyasi (CNNC) 2023-yilda China Fusion Corp. kompaniyasini ta’sis etib, texnologiyani ishlab chiqish uchun 240 mln dollar investitsiya kiritgan.

Ayni paytga kelib sanoqli mamlakatlar, xususan, AQSh, Rossiya va Janubiy Koreya termoyadroviy sintezni o‘rganishda yutuqlarga erishgan. Xitoy ham bu soha yetakchilari qatoriga qo‘shilish uchun o‘z ilmiy-texnik salohiyatini rivojlantirishga zo‘r bermoqda.

Xitoy termoyadroviy sintez sohasidagi tadqiqotlardan tashqari, kichik quvvatli reaktorlar ishlab chiqarishni ko‘paytirib, an’anaviy atom stansiyalari parkini kengaytirishni ham rejalashtirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring