«Jahannam darvozasi» krateri tez orada so‘nadi

Turkmanistonning Qoraqum sahrosida yarim asrdan buyon yonayotgan «Jahannam darvozasi» krateri so‘nishni boshladi, deb xabar berdi Daily Mail.
Sobiq ittifoq geologlarining muvaffaqiyatsizligi oqibatida 1971-yilda paydo bo‘lgan kraterdagi alanga shashti pasayishni boshlaganiga ancha bo‘lgan.
«Geologlar olov tezda o‘chadi degan qarorda, sizib chiqqan gazga o‘t qo‘yishgan. Ammo olov hanuz yonmoqda. Faqat avvalgi shashtidan asar qolmagan, sababi — yer osti zaxiralaridan keluvchi gaz oqimining kamayishi, uning bir qismi utilizatsiya uchun burg‘ilash quduqlariga yo‘naltirilmoqda, — deyiladi xabarda.
«Darvozani yopish» loyihasiga 2022-yilda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov start bergan. Bundan maqsad — metanning havoni ifloslashini kamaytirish hamda qimmatbaho boylikni asrashdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter