Qur’oni Karimni yoqqan rossiyalik 3,5 yilga qamaldi
2023-yilning may oyida Rossiyaning Volgograd shahridagi masjid oldida Qur’on Karimni yoqib yuborgan Nikita Juravel 3,5 yilga qamaldi.
U mazkur jinoyat ishi doirasida Checheniston Tergov qo‘mitasi tomonidan tergov qilingan va mamlakat jinoyat kodeksining ikki moddasi – dindorlarning tuyg‘ularini haqorat qilish va diniy adovat qo‘zg‘ovchi bezorilik bo‘yicha ayblangan edi.
Nikita Juravel sudda o‘z aybini qisman tan olgan.
Sud muzokarasida prokuror unga 3,5 yil so‘ragan, sud bu muddatga rozi bo‘lib, umumiy rejimdagi axloq tuzatish koloniyasida o‘tashni buyurgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Grozniydagi hibsxonada saqlangan Nikita Juravel Ramzan Qodirovning 15 yoshli Adam Qodirov tomonidan kaltaklangani aks etgan videotasvir tarqatilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter