Qozog‘istonda bir o‘zbekni avtobus urib ketdi

23-avgustga o‘tar kechasi Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi E.A. avtobus urib ketishi oqibatida vafot etgan.
O‘zbekistonning Olmaota shahridagi bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, YTH Turkiston viloyati Yepkendi posyolkasidan o‘tuvchi Turkiston – Chimkent avtotrassasida ro‘y bergan.
Yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha jinoiy ish ochilib, tergov olib borilmoqda.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va Turkiston viloyati huquqni muhofaza qilish organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter