Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qorabog‘dan topilgan ommaviy qabristonlardagi 15 nafar marhumning shaxsiga aniqlik kiritildi

Qorabog‘dan topilgan ommaviy qabristonlardagi 15 nafar marhumning shaxsiga aniqlik kiritildi

Qorabog‘dagi turli hududlardan topilgan ommaviy qabristonlardagi 15 kishiga tegishli suyak qoldiqlaridan ularning shaxsi aniqlandi. Bu haqda Ozarbayjon Respublikasi harbiy asirlar, garovga olinganlar va bedarak yo‘qolgan fuqarolar bo‘yicha Davlat komissiyasi ishchi guruhi rahbari Ismoil Oxundov bedarak yo‘qolganlarga bag‘ishlangan brifingda ma’lum qilindi.

Brifingda ishtirok etgan Xabar.uz muxbiri tomonidan ma’lum qilinishicha, birinchi Qorabog‘ urushi davomida 4000 ming nafar atrofida bedarak yo‘qolganlar bo‘lgan. Ismoil Oxundov tomonidan ta’kidlanishicha, ommaviy qabristondan topilganlar orasidan 15 kishining shaxsiga aniqlik kiritilgan.

Albatta 4000 nafar bedarak yo‘qolganlarga nisbatan bu raqam juda oz. Lekin bu xozircha boshlanishi. Ommaviy qabristonlardan topilganlarning shaxsini aniqlash jarayoni davom etmoqda.

Shaxsiga aniqlik kiritilganlardan 11 nafari harbiy bo‘lgan, qolgan 4 nafari esa tinch aholi vakillaridir. Ular orasida bir nafar ayol ham bor, – dedi Oxundov.

Ma’lum qilinishicha, 15 nafar halok bo‘lganlardan 7 nafari Dashalti qishlog‘ida, 4 nafari Qalbajar tumanida, 4 nafari Fizuliy tumanida bedarak yo‘qolgan edi. Xozircha ularni qayta dafn etishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Marhumlarning yaqinlari o‘z qardoshlarini vatanlarida qayta dafn etishni istamoqdalar. Ammo mutaxassislar tomonidan ta’kidlanishicha, bu oson bo‘lmaydi. Chunki Qorabog‘ hududini minadan tozalash ishlari davom etmoqda va yaqin-orada hududni to‘liq xavfsiz holatga keltirish deyarli imkonsiz bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomli Ozarbayjon madaniyat markazi tomonidan tashkil etilgan safar davomida Qorabog‘ hududidan ham qator reportajlar tashkil etishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring