Qaysi toifalarga bolalarini bog‘chaga joylashda imtiyoz beriladi?
Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali boalarini bog‘chaga joylashda imtiyoz beriladigan toifalarni eslatib o‘tdi.
Unga ko‘ra, quyidagi shaxslarga bolani davlat bog‘chalariga qo‘yishda imtiyozlar beriladi:
- nogiron bo‘lgan shaxslarning bolalari;
- uch nafar yoki undan ko‘p bolalari bo‘lgan oilalarning bolalari;
-harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining bolalari;
- talabalar va pedagoglarning bolalari;
-yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
- boshqa muassasalardan o‘tkazilgan bolalar;
- akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar.
Bunda mazkur ro‘yxatdagi bolalarga bog‘chada bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lganda birinchi navbatda yo‘llanma beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter