Qariyb 2 tonna yog‘ olib beraman deb aldagan firibgar fosh bo‘ldi
Chiroqchi tumani Ko‘kdala qishlog‘ida yashovchi P.T. 2021-yil 10-aprel kuni tanishi, Qarshi shahar «Shohbekat» mahallasida yashovchi M.A. unga Toshkent shahridan jami 1832 litr yog‘ mahsulotini 1 haftada olib kelib berish evaziga jami 35.000.000 so‘m pullarni olib, hozirga qadar yog‘ mahsulotlarini olib kelib bermasdan, aldab kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar 2-sonli IIB TB tomonidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter