Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin uchun maxfiy temir yo‘llar qurilgan — OAV

Putin uchun maxfiy temir yo‘llar qurilgan — OAV

Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchun asosiy qarorgohlarga olib boradigan maxfiy temir yo‘llar va vokzallar tarmog‘i qurilgan, deyiladi «Proyekt» nashri e’lon qilgan xabarda. 

Bu «Dose» markazining tergovini tasdiqlaydi, Rossiya prezidenti so‘nggi paytlarda samolyotlardan kamroq foydalana boshlagan va zirhli maxsus poyezdda tez-tez sayohat qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyot maydonchasi bilan himoyalangan temir yo‘l stansiyalaridan biri Valday milliy bog‘i hududida, Dolgi Borodi qishlog‘i yaqinida joylashgan. Bu Putinning Valdaydagi qarorgohiga eng yaqin aholi punkti.  «Proyekt» muxbiriga uch nafar mahalliy aholining aytishicha, temir yo‘l faqat prezident uchun qurilgan va jurnalist stansiya panjarasiga yaqinlashmoqchi bo‘lganida, qo‘riqchi uni haydab yuborgan.

Putin uchun Valdaydagi vokzal va yo‘l 2019-yilda qurilgan, deb yozadi nashr sun’iy yo‘ldosh suratlariga tayanib.

Yana bir bekat Putinning Moskva viloyatidagi Novo-Ogaryovodagi qarorgohidan 400 metr uzoqlikda joylashgan.

Nashrning yozishicha, u 2015-yilda paydo bo‘lgan. «Maxsus stansiyaning o‘zi kam sonli vagonlar uchun mo‘ljallangan va baland panjara ortida yashiringan bo‘lib, har 10 metrda kuzatuv kameralari o‘rnatiladi», — deyiladi «Proyekt» ma’lumotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring