Putin Zelenskiy va Tramp bilan uchrashuv imkoniyatini qo‘llab-quvvatlaydi – Kreml

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali muayyan natijalarga erishilgandagina, davlat rahbarlari darajasidagi uchrashuv mavzusiga qaytish mumkin bo‘ladi.
U, shuningdek, Moskva Rossiya va Ukraina memorandumlari loyihalari Istanbuldagi muzokaralarning ikkinchi bosqichida muhokama qilinishini kutayotgani hamda Ukrainani tartibga solish bo‘yicha Rossiya memorandumi loyihasi tafsilotlari oshkor etilmasligini ma’lum qildi.
Peskov, shuningdek, Erdo‘g‘an Rossiya, AQSh va Ukraina prezidentlarini qabul qilishga tayyorligi borasidagi Turkiya TIV bayonotiga ham izoh berib o‘tdi.
Kreml rasmiysining ta’kidlashicha, Putin Zelenskiy va Tramp bilan shaxsiy uchrashuv imkoniyatini qo‘llab-quvvatlaydi: bunday aloqalar albatta kerak, biroq bu uchun yaxshi tayyorgarlik ham zarur.
«Prezident Putin bir necha marta oliy darajadagi aloqalar tarafdori ekanligini va ular, shubhasiz, zarurligini ta’kidlagan. Biroq, ushbu holatda yaxshi tayyorlanish va avvalo davlat delegatsiyalari o‘rtasidagi bevosita muzokaralarda natijaga erishilishi lozim. Shundan so‘ng, agar va qachonki bunday natijaga erishilsa, albatta, oliy darajadagi uchrashuv haqida so‘z yuritish mumkin bo‘ladi», – deya ta’kidladi Peskov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter