Prezident Nodirbek Abdusattorovni taqdirladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Polshaning Varshava shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va mazkur sport turining rapid yo‘nalishida jahonning eng yosh chempioni sifatida e’tirof etilgan Nodirbek Abdusattorov «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Prezidentimiz ko‘rsatmasi bilan unga Toshkent shahrida 2 xonali xonadon sovg‘a qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik 17 yoshli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov sensatsiya qayd etib, rapid (tezkor shaxmat) yo‘nalishida jahon chempionligini qo‘lga kiritgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter