Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdusattorov chorakfinalda Karlsenga yengildi

Abdusattorov chorakfinalda Karlsenga yengildi

Foto: ChessBase

Parijda shaxmat bo‘yicha Freestyle Chess Grand Slam Paris turniri bo‘lib etmoqda.

Chorakfinalda Magnus Karlsenga qarshi dona surgan Nodirbek Abdusattorov, afsuski, yutqazib qo‘ydi. U qora donalarda yengilib, oq donalarda durang qayd etdi.

Endi Abdusattorov 5-o‘rin uchun bahsda Maksim Vashe-Lagravga qarshi dona suradi.

Freestyle Chess Grand Slam Paris. 1/4 final natijalari:

  • Yan Nepomnyashiy — Vinsent Keymer 1:1 (tay-brekda 1,5:0,5)
  • Magnus Karlsen — Nodirbek Abdusattorov 1,5:0,5
  • Maksim Vashe-Lagrav — Fabiano Karuana 0,5:1,5
  • Arjun Ergaisi — Hikaru Nakamura 0,5:1,5

Yarimfinal juftliklari:

  • Magnus Karlsen — Fabiano Karuana
  • Vinsent Keymer — Hikaru Nakamura
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring