Javohir va Nodirbek nufuzli turnirdan qancha ishlab olishgani ma’lum bo‘ldi

Vayssenxaus shahrida sovrin jamg‘armasi 750 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi shaxmat bo‘yicha nufuzli turnir o‘z yakuniga yetdi.
Uchinchi o‘rin uchun kechgan qarama-qarshilikda Javohir Sindorov norvegiyalik Magnus Karlsenga imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa Javohir Sindorov Freestyle Chess Grand Slam turniridagi ishtirokini 4-o‘rinda yakunladi. U 60 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot pulini ham qo‘lga kiritdi.
Nodirbek Abdusattorov esa ushbu turnirni 6-o‘rinda yakunladi va u 40 000 dollari bilan Vatanga qaytadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter