Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodirbek bilan bahsda amaldagi jahon chempioni qiyin vaziyatdan chiqib ketdi

Nodirbek bilan bahsda amaldagi jahon chempioni qiyin vaziyatdan chiqib ketdi

Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida o‘tkazilayotgan an’anaviy «Tata Steel Chess-2025» musobaqasining navbatdagi turida Nodirbek Abdusattorov amaldagi jahon chempioni Gukeshga qarshi dona surdi.

6 soat davom etgan qizg‘in bahsda hamyurtimiz jiddiy ustunlikka ega bo‘ldi, ammo hindistonlik shaxmatchi kuchli himoyalanib, natijani durangga olib bora oldi.

Oltinchi turdan keyin Nodirbek 4,5 ochko bilan peshfqadamlik qilmoqda. Hindistonlik yana bir shaxmatchi Rameshbabu Pragnanandha hisobida ham 4,5 ochko bor. Gukesh 4 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring