Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Hukumat a’zolari – vazirlarni tayinlash haqidagi hujjatni imzoladi

Prezident Hukumat a’zolari – vazirlarni tayinlash haqidagi hujjatni imzoladi

Prezident «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tayinlash to‘g‘risida» Farmonni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024 yil 21 noyabrdagi tegishli qarorlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zoligiga nomzodlar  ma’qullandi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasiga muvofiq:

  1. Achilbay Jumaniyazovich Ramatov – O‘zbekiston Respublikasi Bosh  vazirining  o‘rinbosari;
  2. Djamshid Anvarovich Kuchkarov – O‘zbekiston Respublikasi Bosh  vazirining  o‘rinbosari – O‘zbekiston  Respublikasi  iqtisodiyot  va  moliya  vaziri;
  3. Jamshid Abduxakimovich Xodjayev – O‘zbekiston Respublikasi Bosh  vazirining  o‘rinbosari;
  4. Zulayxo Baxriddinovna Maxkamova – O‘zbekiston Respublikasi Bosh  vazirining  o‘rinbosari - Oila  va  xotin-qizlar  qo‘mitasi  raisi;
  5. Laziz Shavkatovich Kudratov – O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar,  sanoat  va  savdo  vaziri;
  6. Botir Erkinovich Zaxidov – O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni  qisqartirish  va  bandlik  vaziri;
  7. Ibroxim Yulchiyevich Abdurahmonov – O‘zbekiston Respublikasi qishloq  xo‘jaligi  vaziri;
  8. Shavkat Raximovich Xamrayev – O‘zbekiston Respublikasi suv  xo‘jaligi  vaziri;
  9. Sherzod Saidjanovich Xidoyatov – O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi  vaziri;
  10. Ilxam Rustamovich Maxkamov – O‘zbekiston Respublikasi transport  vaziri;
  11. Jo‘rabek Tursunpulatovich Mirzamahmudov – O‘zbekiston Respublikasi  energetika  vaziri;
  12. Bobir Farxadovich Islamov – O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon  sanoati  va  geologiya  vaziri;
  13. Sherzod Xotamovich Shermatov – O‘zbekiston Respublikasi raqamli  texnologiyalar  vaziri;
  14. Aziz Abdukaxarovich Abduxakimov – O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri;
  15. Asilbek Anvarovich Xudayarov – O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni  saqlash  vaziri;
  16. Xilola Uktamovna Umarova – O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri;
  17. Kongratbay Avezimbetovich Sharipov – O‘zbekiston Respublikasi oliy  ta’lim,  fan  va  innovatsiyalar  vaziri;
  18. Adxam Ilxamovich Ikramov – O‘zbekiston Respublikasi sport  vaziri;
  19. Ozodbek Axmadovich Nazarbekov – O‘zbekiston Respublikasi madaniyat  vaziri;
  20. Akbar Djurabayevich Tashkulov – O‘zbekiston Respublikasi adliya  vaziri;
  21. Baxtiyor Odilovich Saidov – O‘zbekiston Respublikasi tashqi  ishlar  vaziri;
  22. Abdulla Xamidullayevich Kuldashev – O‘zbekiston Respublikasi favqulodda  vaziyatlar  vaziri;
  23. Po‘lat Razzaqovich Bobojonov – O‘zbekiston Respublikasi ichki  ishlar  vaziri;
  24. Baxodir Nizamovich Kurbanov – O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolari  etib  tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha  kiradi.

Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi  Bosh  vaziri  A.N. Aripov  zimmasiga  yuklangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring