Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident 58 nafar shaxsni afv etdi

Prezident 58 nafar shaxsni afv etdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Konstitutsiyaning 93-moddasi 23-bandiga asosan, bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan jazo muddatini o‘tayotgan 58 nafar fuqaroni afv etiish haqidagi farmonni imzoladi.

Afv etilganlarning 41 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, 3 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi.

Shuningdek, 14 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.

Afv etilganlarning 2 nafarini ayollar tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring