Shavkat Mirziyoyev 500 nafardan oshiq mahkumni afv etdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami munosabati bilan ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga o‘tgan 522 nafar mahkumni afv etdi.
Afv etilgan shaxslarning 159 nafari asosiy jazodan ozod etildi, 303 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 60 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi.
Afv etilganlarning 19 nafarini chet el fuqarolari, 56 nafarini ayol, 25 nafarini 60 yoshdan oshgan erkak, 233 nafarini yoshlar (shulardan, 1 nafari voyaga yetmagan) hamda 27 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Ramazon hayitida ham 426 nafar shaxsni afv etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter