Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pora olgani aytilgan YPX inspektori qochib ketdi (video)

Pora olgani aytilgan YPX inspektori qochib ketdi (video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda Quva tumanida YPX inspektori pora olgani uchun qochgani tasvirlangan video tarqaldi.

Ushbu holat bo‘yicha Farg‘ona viloyati IIB rasmiy munosabat berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 11 iyun kuni Quva tuman IIBga YPX  inspektori I.K ning xatti-harakatlari yuzasidan fuqarolar S.Z va M.H lar tomonidan ariza kelib tushgan. Mazkur murojaatda keltirilgan holatlarni o‘rganish jarayonida YPX inspektori I.K qochib ketgan.

Holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib prokuratura organlariga taqdim qilingan.

Hozirda tegovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi rasmiy munosabatda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring