Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xayrullo Bozorov ikki hokimni jazoladi

Xayrullo Bozorov ikki hokimni jazoladi

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Yozyovon va Bag‘dod hokimlariga 30 foiz jarima jazosi qo‘lladi. Bu haqda viloyat hokimi farmoyishi e’lon qilindi

5-may kuni Vazirlar Mahkamasida xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha 2025-yil uchun belgilangan topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish va navbatdagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan.

Unda bir qator mutasaddi rahbarlar tomonidan joriy yil yanvar-aprel oylari uchun belgilangan rejani bajarmagani, o‘sishni ta’minlamagani va vazifalar ijrosini ta’minlashda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari jiddiy tanqid qilingan. 

Unga ko‘ra, Bag‘dod, Yozyovon, O‘zbekiston tumanlarida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha tasdiqlangan reja bajarilmaganligi, ushbu hudud mutasaddi rahbarlari yuklatilgan vazifalarni bajarishda qoloqlikka yo‘l qo‘yayotgani ko‘rsatib o‘tilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring