Parijda 100 dan ortiq odam hibsga olindi
Parijda pensiya islohotiga qarshi namoyishlar chog‘ida 112 kishini hibsga oldi.
Qayd etilishicha, Fransiya poytaxtidagi namoyishlarda 4 mingga yaqin kishi qatnashgan. Namoyishlarning ikkinchi to‘lqini mamlakat Konstitutsion kengashi pensiya islohotlarini ma’qullaganidan keyin yuzaga kelgan.
Eslatib o‘tamiz, 14 aprel kuni kechqurun Fransiya Konstitutsiyaviy kengashi mamlakatda pensiya yoshini 62 yoshdan 64 yoshgacha oshirishni ma’qullagan edi. Shuningdek, so‘l partiyalarning ushbu islohot bo‘yicha referendum o‘tkazish talabi ham rad etildi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ikki kun ichida pensiya islohoti to‘g‘risidagi qonunni imzolamoqchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter