Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2025-yilda Toshkentda yirik musobaqa o‘tkaziladi

2025-yilda Toshkentda yirik musobaqa o‘tkaziladi

Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Majid Rashid ma’lum qilishicha, yoshlar o‘rtasida 2025-yilgi Paraosiyo o‘yinlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Bu musobaqani qabul qilish uchun qit’amizning bir qator yetakchi davlatlari da’vogarlik qilishgan edi. Yakunda Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi Toshkent shahri nomzodini qo‘llab-quvvatladi.

E’tiborlisi, 2025-yilda Toshkent shahri yaqinida Olimpiya shaharchasida yoshlar o‘rtasida IV Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladi. Shu paytgacha hech qaysi davlatda yoshlar o‘rtasidagi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari ketma-ket o‘tkazilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring