Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zsuvta’minot» raisiga o‘rinbosar tayinlandi

«O‘zsuvta’minot» raisiga o‘rinbosar tayinlandi

X.Rahmatullayev.

Rahmatullayev Xurshid Xotamjonovich «O‘zsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

X.Rahmatullayev 1979-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasining Toshkent filialini iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. 2005-yilda O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasini bank ishi magistri darajasi bilan bitirgan.

X.Rahmatullayev 2002-2011-yillarda bank tizimida valyuta munosabatlari, xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan ishlash, loyihaviy moliyalashtirish, investitsiya siyosatini yuritish kabi yo‘nalishlarda ishlagan. 2011 yildan boshlab tayinlovga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish, makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish masalalari bo‘yicha mas’ul lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring