«O‘zekspomarkaz»dagi Taqsimlash markazi bemorlarni qabul qilishga tayyor holatga keltirildi (foto)
Bugun Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev «O‘zekspomarkaz»dagi Taqsimlash markaziga borib, bu yerdagi sharoitlar va mazkur maskanning bemorlarni qabul qilishga qanchalik tayyorligini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizimati xabar bermoqda.
Markaz bilan tanishish jarayonida bu yerga keluvchilarning xavfsizligini ta’minlash, ularni taqsimlash va joylashtirish uchun yaratilgan sharoitlarga e’tibor qaratdi.
Ta’kidlash joiz, COVID-19 kasalligiga gumon qilinganlarga aniq tashhis qo‘yish va zarur birinchi yordamni ko‘rsatish maqsadida tashkil etilayotgan mazkur markaz bemorlarni qabul qilishga deyarli tayyor.
Bu yerda virus borligiga gumonlangan shaxslar vaqtincha saqlanib, ularga birinchi tez yordam ko‘rsatiladi va tashxis qo‘yilganidan keyin salomatligining holatiga ko‘ra shahrimizdagi davolash-profilaktika muassasalariga yo‘naltiriladi.
Zarurat yuzaga kelganda bu yerdan shifoxona sifatida foydalanish uchun ham kerakli sharoitlar yaratilgan, buning uchun markaz talab etilgan tibbiyot jihozlari va uskunalari bilan ta’minlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter