Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ortiqxo‘jayev: «Abbos, sen Yevropaning top klublarida o‘ynaysan»

Ortiqxo‘jayev: «Abbos, sen Yevropaning top klublarida o‘ynaysan»

Jahongir Ortiqxo‘jayev «Paxtakor»ning Qibraydagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari bazasiga borib futbolchilar bilan suhbatlashgan.

«Avvalo, sizlarga so‘nggi ikki yilda qo‘lga kiritilgan chempionlik uchun rahmat aytaman. Bundan quvondim. An’anani buzmasligimiz kerak. Eng muhimi e’tibordagi odam ekanligingizni unutmasangiz va biz bilan bir jamoa bo‘lishda davom etsangiz kifoya. Biz yaxshi sharoitlar yaratib berishda davom etamiz.

Yoshlarimiz milliy jamoa safida Osiyo chempioni bo‘lishdi. Akalaringiz kabi nom qozoning, qadringizni biling, mehnat qilib Yevropaga keting, men xursand bo‘lay. Abbos, ayniqsa sendan umidimiz katta. Ishonaman, sen hali «Paxtakor» bilan yuqori marralarni zabt etasan va Yevropaning top klublarida o‘ynaysan», — degan klub raisi futbolchilar bilan uchrashuvda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring