Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahongir Ortiqxo‘jayev omma oldida ko‘rinish berdi

Jahongir Ortiqxo‘jayev omma oldida ko‘rinish berdi

Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev omma oldida ko‘rinish berdi.

Championat.asia nashrining yozishicha, Jahongir Otiqxo‘jayev Toshkentdagi «Paxtakor» - «Olimpik» klublari uchrashuvini kuzatishga kelgan. U hamon «Paxtakor» FKning rahbari hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi o‘rtasida prezident tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda Jahongir Ortiqxo‘jayev ishdan bo‘shatilgani e’lon qilingandi.

Davlat rahbari uning «oyog‘i yerdan uzilgani»nini aytgandi (video).

Shuningdek, prezident Shavkat Mirziyoyev Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuraturaga lavozimidan ozod etilgan mutasaddilarning faoliyatini o‘rganishni buyurgandi.

U bo‘shatilganidan keyin oilasi bilan mamlakatdan uchib ketmoqchi bo‘lganida Davlat xavfsizlik xizmati to‘xtatib qolgani aytilgandi. 

Ortiqxo‘jayevning deputatlik vakolati muddatidan oldin tugatilib, senatorlar safidan ham chiqarilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring