Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning Mo‘g‘uliston bilan tashqi savdo hajmi qariyb 14 mln dollarga yetgan

O‘zbekistonning Mo‘g‘uliston bilan tashqi savdo hajmi qariyb 14 mln dollarga yetgan

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi tashqi savdo hajmi so‘nggi 5 yil ichida 2019-yildagi 1,9 million dollardan 2023-yilda 13,8 million dollargacha, ya’ni 7 baravar oshdi.

Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lum qildi.

Shu davr mobaynida O‘zbekistonning Mo‘g‘ulistonga eksporti 1,5 million dollardan 10,2 million dollargacha 6,8 baravar oshgan. Mo‘g‘ulistondan import hajmi esa 519,04 ming dollardan 3,61 million dollargacha, 6,9 baravar oshdi.

O‘zbekistonning Mo‘g‘ulistonga eksporti tarkibida oziq – ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar ustunlik qiladi – 3,26 mln dollar (eksport hajmining 23 foiz), mashina va transport uskunalari – 5,9 mln dollar (43 foizva turli tayyor mahsulotlar - 0,24 mln dollar (1,7 foiz), xizmatlar - 0,59 mln dollar (4,2foiz).

O‘zbekistonning Mo‘g‘ulistondan import tarkibi oziq - ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar – 3,5 mln dollar (97 foiz), hayvonlar va o‘simlik moylari - 40,4 ming dollar (2,1 foiz), sanoat mahsulotlari – 35,01 ming dollar (0,97 foizva kimyoviy moddalar va shunga o‘xshash mahsulotlar –13,01 ming dollar (0,97 foiz).

So‘nggi besh yil ichida (2019-2023 yillar) Mo‘g‘uliston yalpi ichki mahsuloti o‘rtacha 4,1 foizga, (O‘zbekistonda 5 foizga) o‘sdi.

Eslatib o‘tamiz, ayni kunlarda Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 23-26 iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring