Qozog‘iston va Qirg‘iziston — Xitoyning Markaziy Osiyodagi asosiy savdo sheriklari

Xitoy bojxona bosh boshqarmasi 2024-yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan olib borilgan savdo-sotiq yakunlari haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, Xitoyning Markaziy Osiyo (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston) bilan yalpi savdo aylanmasi 2024 yilda 94,8 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, 2023-yilga nisbatan 5,4 mlrd dollarga oshgan.
Xitoyning mintaqadagi eng yirik savdo sherigi — Qozog‘iston (jami savdo aylanmasining 46 foizi yoki 43,8 mlrd dollar).
Qolgan mamlakatlar ulushi quyidagicha:
- Qirg‘iziston — 24 foiz (22,7 mlrd);
- O‘zbekiston — 14,5 foiz (13,7 mlrd);
- Turkmaniston — 11 foiz (10,6 mlrd);
- Tojikiston — 4 foiz (3,8 mlrd).
E’tiborli tomoni, o‘tgan yili Xitoyning tovar ayirboshlashi Qozog‘iston (2,8 mlrd dollar), Qirg‘iziston (2,9 mlrd dollar) va Turkmaniston (57 mln dollar) bilan o‘sgan va aksincha, O‘zbekiston (260 mln dollar) va Tojikiston (65 mln dollar) bilan kamaygan.
Statistika agentligi yaqinda O‘zbekistonning 2024-yildagi eng yirik tashqi savdo sheriklarini e’lon qilgandi, unda «birinchi raqamli» savdo sherigimiz — Xitoy bilan bir yillik oldi-berdi qiymati — 12,5 mlrd dollarligi ko‘rsatilgan, ya’ni xitoylik bojxonachilar keltirgan raqamlardan 1,2 mlrd dollar kam.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter