O‘zbekiston 2 oyda 4,6 mlrd dollarlik tovar va xizmatlar eksport qildi

2025-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmi 10,8 mlrd AQSh dollarni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 973,3 mln AQSh dollariga yoki 9,9 foizga oshgan.
TSAda eksport hajmi 4 mlrd 643 mln AQSh dollariga (2024 yilning yanvar-fevral oyiga nisbatan 27,7 foizga ko‘paydi) va import hajmi 6 mlrd 202,6 mln AQSh dollariga (0,6 foizga kamaydi) yetdi. Hisobot davrida – 1 559,6 mln AQSh dollari qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi.
2025-yil yanvar-fevral oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkorlari Rossiya (11,8 foiz), XXR (6,5 foiz), Afg‘oniston (4,5 foiz), Qozog‘iston (4,0 foiz), Turkiya (3,9 foiz), Fransiya (3,1 foiz), Qirg‘iz Respublikasi (2,6 foiz), BAA (2,1 foiz), Tojikiston (1,5 foiz) va Pokiston (1,3 foiz) kabi davlatlar bo‘lgan. Ularning umumiy eksportdagi ulushi 41,3 foizni tashkil etdi.
Eksport tarkibida tovarlar ulushi 74,7 foizni tashkil etib, asosiy ulush sanoat tovarlari (12,4 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (6,3 foiz), kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (5,9 foiz) va turli xil tayyor buyumlar (3,9 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi jahonning 162 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi XXRda (19,2 foiz), Rossiyada (14,9 foiz), Qozog‘istonda (6,1 foiz), Turkiyada (3,9 foiz) va Afg‘onistonda (2,5 foiz) qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter