Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning ikki shakar zavodi xodimlarini ommaviy ishdan bo‘shatmoqda

O‘zbekistonning ikki shakar zavodi xodimlarini ommaviy ishdan bo‘shatmoqda

«Angren shakar» va «Xorazm shakar» ma’suliyati cheklangan jamiyatlari shu kunlarda ommaviy ravishda xodimlarini ishdan bo‘shatishni boshladi. Bu haqda O‘zAga «Angren shakar» MChJ matbuot xizmati xabar qilgan.

Qayd etilishicha, ayni paytgacha 130 nafardan ziyod xodim ishdan bo‘shatilgan. Ularning ma’lum qilishicha, «Angren shakar» va «Xorazm shakar» zavodlari yil oxiriga qadar deyarli barcha ishchilarni ishdan bo‘shatishni mo‘ljallagan.

Ma’lum qilinishicha, hozirda ikkita zavodda jami 2000 nafardan ziyod ishchi xodimning daromadsiz qolish xavfi yuzaga kelgan.

Avvalroq, qo‘shni mamlakatlarning shakar zavodlari kasodga uchragani, O‘zbekistondagi mavjud ikkita shakar zavodi ham bankrotlik ostonasida turgani haqida ma’lumot berilgandi.

Zavodlarni saqlab qolish uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilarimizga ham importyorlardagi kabi QQS va aksiz solig‘i bo‘yicha imtiyozlar kerakligi ham qayd etilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring