«2 kun shakar olmang, narx tushishini ko‘rasiz» — vazir o‘rinbosari
Kecha «Angren shakar» MChJga bo‘lib o‘tgan press-turda Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov shakar «ajiotaji»ga logistika muammosidan tashqari aholining vahimasi ham sabab bo‘lganini aytgan.
«Bir kilo shakar kerak paytda qoplab sotib olishadi. Kimdir zavodda shakar qolmabdi, deb gap tarqatsa, odamlar vahimaga tushib, yoppasiga xarid qilishni boshlashadi. Aslida 2 kun hech kim shakar olmasa, ana unda narx tushishini ko‘rasiz», degan vazir o‘rinbosari.
Uning ta’kidlashicha, aholining shakarga talabi birdan ortib ketishi ham narx o‘sishiga sabablardan biri bo‘lgan.
«Shakarli yetarli, vahimaga hojat yo‘q, deyilgandan keyin birja va bozorlarda narx tushgan, hozir barqaror holatda turibdi», degan u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter