Rasmiylar shakar «ajiotaji»ni kutilmagan holat bilan izohladi
«Angren shakar» MChJ bosh direktori Rustam Akbarxo‘jayev shakar «ajiotaji»ga izoh berarkan, dunyo bo‘yicha kutilmagan holat sabab bo‘lganini aytgan.
«Ayni shakar narxi ko‘tarilgan paytda logistika bo‘yicha muammolarga duch keldik. Global inqiroz tufayli ko‘plab bandargohlar yopildi va Braziliyadan keladigan shakar xomashyosi ochiq dengizda bir muddat qolib ketdi», degan zavod direktori.
Uning aytishicha, dengiz orqali qo‘shimcha portlar qidirilgan va yuk ortilgan kemalar shu tomonga yo‘naltirilgan. Shu sababli zaxiradagi shakar ham tugab, xomashyo yetib kelguncha 1 oyga yaqin vaqt yo‘qotilgan.
«Biz darhol bir qator davlatlar bilan muzokara boshladik. Rossiya, Litva, Pokiston, Gruziya, Ozarbayjon, umuman bandargohi bor mamlakatlar orqali logistika masalasini hal qildik. Xodimlarimiz hatto oylab o‘sha yerlarda shakar parromlari ustida qolib ketishdi. Chunki xomashyoni tezroq olib kelib, shakar ishlab chiqarishni ko‘paytirish kerak edi», degan Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov.
Bugun bir qator jurnalistlar uchun «Angren shakar» zavodiga press-tur tashkil qilingan. Unda shakar xomashyosini olib kelish, ishlab chiqarish, qadoqlash va boshqa shu kabi jarayonlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Bu haqda alohida to‘xtalamiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter