O‘zbekiston TIV Kobuldagi teraktni keskin qoraladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistondagi masjidda sodir bo‘lgan teraktni qoralab chiqdi.
«Joriy yil 17-avgust kuni Kobul masjidlaridan birida kechki namoz paytida sodir etilgan portlash natijasida ko‘plab insonlarning o‘limi va jarohatlangani to‘g‘risidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik.
Mazkur terrorchilik xurujini qat’iy qoralaymiz hamda ushbu vahshiyona xatti-harakatning tashkilotchilari va ijrochilarini aniqlash bo‘yicha barcha choralar ko‘rilishiga umid qilamiz.
Halok bo‘lganlarining oilalari va yaqinlariga chin dildan hamdardlik bildirib, jabrlanganlarning sog‘ayib ketishini tilaymiz», deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, portlash natijasida o‘nlab kishilar halok bo‘lgan va jarohat olgan, jumladan masjid imomi ham qurbon bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter