O‘zbekiston Harbiy prokurori o‘zgarayotgani aytilmoqda
2020-yil fevralidan buyon O‘zbekiston Respublikasining Harbiy prokurori lavozimida ishlab kelgan Shuhrat Uzoqovning o‘rnini Xorazm viloyati prokurori Botir Qudratxo‘jayev egallashi, ya’ni uning Bosh prokuror o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori lavozimiga tayinlanishi aytilmoqda.
Kun.uz nashrining o‘z manbalariga tayanib yozishicha, yangi tayinlov haqidagi rasmiy xabar bugun, 2-noyabr kuni e’lon qilinadi.
Shuhrat Sharopovich Uzoqovning esa nima sabab bilan ishdan olingani yoki qaysi lavozimga o‘tgani noma’lum.
Xorazm viloyati prokurori lavozimiga esa hozirda Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlayotgan Umirbek Madraimov tayinlanishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter