O‘zbekiston AQShdan «Jenson-Venik» tuzatishini bekor qilishni so‘ramoqda
O‘zbekiston Senati AQSh kongresmenlarining O‘zbekiston uchun «Jenson-Venik» tuzatishini bekor qilishiga umid bildirmoqda.
«AQSh kongresmenlari O‘zbekistonga nisbatan «Jenson-Venik» tuzatishini bekor qilishda hamkorlikka tayyorligini bildirishdi», deyiladi xabarda.
Lekin AQShning O‘zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblumning bayonotiga ko‘ra, agar O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lsa, «Jenson-Venik» tuzatishi bekor bo‘ladi.
Jekson-Venik tuzatishi nima?
1974 yilda AQSh kongresmenlari Genri Jekson va Charlz Venik «AQSh savdosi to‘g‘risida»gi qonunga tuzatish kiritishgan. Bu tuzatishga ko‘ra, Amerika emigratsiya cheklangan va inson huquqlari poymol bo‘layotgan davlatlarga savdo bo‘yicha cheklov qo‘yadi.
Bu tuzatish asosan SSSR davlatlari uchun ishlab chiqilgan sanksiya bo‘lib, 2006 yilda Ukraina va 2012 yilda Rossiyaga nisbatan bekor qilingan. Hozir O‘zbekiston, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston uchun o‘z kuchini yo‘qotmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter