Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Administratsiyasida yangi lavozim joriy qilindi

Prezident Administratsiyasida yangi lavozim joriy qilindi

Foto: Xabar.uz

«O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–181-son, 02.06.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiyaning yangilangan tarkibi tasdiqlandi.

Qaror bilan Prezident Administratsiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimi tashkil qilindi.

JSTga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirish, mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatining natijadorligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish maxsus vakilning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Qarorga ko‘ra: 

  • Adliya vazirligiga ma’muriy islohotlar doirasida milliy qonunchilikni JST bitimlariga uyg‘unlashtirish funksiyasi yuklandi;
  • Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi markaziy apparatida Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash va savdo muzokaralari departamenti tashkil etildi;
  • O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonasida JST masalalari bo‘yicha birinchi kotib lavozimi kiritildi.
  • 2023 yil 1 iyuldan JST qoida va me’yorlariga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish taqiqlanadi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring