OTMga kirishda maktab baholari inobatga olinadi
Maktab bitiruvchilarning 6 yillik baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichi OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinadi. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov AOKAda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Shermatovning qayd etishicha, bu — Prezident topshirig‘i va farmon loyihasida o‘z aksini topadi.
«O‘quvchi maktabda 11 yil o‘qiyapti, lekin taqdiri bir kunda hal bo‘lyapti. Balki o‘sha kuni kasal bo‘lgandir, balki yaxshi uxlamagandir. Shu bois Prezidentimiz bu bo‘yicha topshiriq berganlar, o‘quvchilarning maktabda olgan baholari, ya’ni, oxirgi olti yillik natijalari inobatga olinadi», – dedi vazir.
Qayd etilishicha, 7-sinf bitiruvchilarini professional tashxislash orqali kasbiy moyilligi aniqlanadi. Umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun kichik mutaxassisliklar bo‘yicha qisqa muddatli kurslar tashkil qilinadi, maktab bitiruvchilari shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan kasb va lavozimlar belgilanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter