Yaqin 4 yilda OTMlarni 1,4 mln mutaxassis bitirib chiqadi

Oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni 5,4 barobarga oshdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili boshiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni 1 mln 432,8 ming nafarni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2015/2016 o‘quv yiliga nisbatan solishtirilganda 1 mln 168,5 ming nafarga oshgan.
Oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni oxirgi 5 yilda quyidagicha o‘zgargan:
- 2020/2021 o‘quv yili boshiga – 571,5 ming nafar;
- 2021/2022 o‘quv yili boshiga – 808,4 ming nafar;
- 2022/2023 o‘quv yili boshiga – 1 mln 042,1 ming nafar;
- 2023/2024 o‘quv yili boshiga – 1 mln 314,5 ming nafar;
- 2024/2025 o‘quv yili boshiga – 1 mln 432,8 ming nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter