Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Onlayn kredit» bahonasida odamlardan pul o‘g‘irlab kelgan yigit ushlandi

«Onlayn kredit» bahonasida odamlardan pul o‘g‘irlab kelgan yigit ushlandi

Farg‘ona viloyati Rishton tumanida yashovchi 1999-yilda tug‘ilgan M.S. endi sud oldida javob beradi.

Gap shundaki, u telegram messenjerida turli yo‘llar bilan o‘ziga qurbonlar izlab topgan va ularning bank kartasi ma’lumotlarini qo‘lga kiritib mavjud mablag‘larini o‘z extiyojlari yo‘lida sarflab kelgan.

Oxirgi o‘lja bo‘lgan Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashovchi P.L. ham uning telegramdagi onlayn kredit olib berishni targ‘ib etuvchi kanaliga ulanib qolib, aldovlarga uchib una bank karta ma’lumotlarini taqdim etgani va natijada bank kartasidagi 1 million so‘mdan ortiq pullari noma’lum ravishda o‘zlashtirilganidan so‘ng hududiy IIBga ariza bilan murojaat qilgan va jinoyatchining ortiga tushilgan.

Ayni paytda M.S.ga nisbatan O‘zR. JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring