Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Omikron xaritasi»dagi mamlakatlar soni 110 taga yetdi

«Omikron xaritasi»dagi mamlakatlar soni 110 taga yetdi

Foto: LRT

COVID-19ning «omikron» shtammi aniqlangan mamlakatlar soni 110 taga yetdi, garchi «delta» variantidan xavfsizroq bo‘lsa-da, tarqalish sur’atlari yuqorili bois, yangi shtamm sog‘liqni saqlash tizimlariga jiddiy ta’sir o‘tkazishi mumkin, deyiladi JSST bayonotida.

«Omikron»ning klinik og‘irligi mavhumligicha qolmoqda, hozircha «delta»dan yengil ko‘ringani bilan, yuqumlilik darajasi karrasiga yuqori, bu esa sog‘liqni saqlash tizimlariga yuklanishni oshirib yuborib, kasallanishlar sezilarli ravishda ko‘payishiga olib kelishi mumkin», — deyiladi bayonotda.

Tashkilot «omikron» ta’siri aholining eng himoyalanmagan qatlamlari, xususan, vaksinatsiya bilan qamrab olinishi va jamoaviy immunitet past mamlakatlarda yuqori bo‘lishiga urg‘u berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring