Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olx.uz dagi «ijarachi-firibgar» ushlandi

Olx.uz dagi «ijarachi-firibgar» ushlandi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi X.D. ichki ishlarga arz qildi. Aytishicha, Olx.uz saytida xonadon ijarasi to‘g‘risida e’lon joylashtirgan noma’lum shaxsga 560 000 so‘m pulni o‘tkazib bergan. Firibgarga yo‘liqqanini saytdagi e’lon yo‘qolib qolganidan so‘ng tushungan...

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida pullarni o‘zlashtirgan shaxs Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida yashovchi A.I. (2002-y.t.) ekani aniqlangan.

A.I. xuddi shu yo‘sindagi firibgarligini yana bir necha kishiga qo‘llab, pullarini o‘zlashtirib, shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Unga nisbatan O‘zR. JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring