OITS yuqtirganlar ishlashi taqiqlangan kasblar ro‘yxati yangilanyapti
SSV vazirining odamning immunitet tanqisligi virusi (OITS)ni yuqtirib olgan shaxslar ishlashi man etilgan kasbiy faoliyat turlari ro‘yxatini yangilashga doir buyrug‘i loyihasi e’lon qilindi.
Loyihaga ko‘ra, OITS bilan og‘rigan bemorlar quyidagi kasbiy faoliyat turlari bilan shug‘ullanishlari mumkin emas:
- Odam qoni va (yoki) uning tarkibiy qismlarini tayyorlash, qayta ishlov berish xamda gemotransfuziya bilan bog‘liq kasblar.
- Ginekologik operatsiyalar (tug‘ruq, abort) va barcha turdagi jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq kasblar (shuningdek stomatolog-jarroh).
- Quyidagi tibbiy muolajalar bilan bog‘liq kasblar – dializ, veneseksiya, kateterizatsiya.
Shu munosabat bilan Sog‘liqni saqlash vazirining «Odam immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olgan shaxslar ishlashi man etilgan kasbiy faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida» 2014-yil 23-apreldagi 7-son buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanmoqda.
Qayd etilishicha, mazkur buyruqning qabul qilinishi natijasida OIV infeksiyali shaxslarni erta aniqlash, kasallikni boshqalarga yuqishini oldini olish, profilaktik tadbirlarni amalga oshirish va samarali davolash bo‘yicha yangi sifatli bosqichiga erishiladi.
O‘z navbatida, hujjat loyihasi bilan OITS yuqtirgan shaxslarga soch va soqol olish, pirsing, manikyur, pedikyur hamda tatuaj bilan bog‘liq kasblarda ishlash uchun ruxsat berilmoqda.
Ta’kidlanishicha, Respublika OITSga qarshi kurash markazining so‘nggi 10 yil davomida o‘tkazgan tahlillariga asosan ushbu soha vakillari o‘z faoliyati davomida OIVni yuqtirib olganligi, shuningdek, ularda OIV aniqlangunga qadar (OIV maqomini bilgunga qadar) ular tomonidan faoliyati davomida OIVni boshqa shaxsga yuqtirganligi aniqlanmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter