Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gepatit va OIV infeksiyasining 90 foizi talabga javob bermaydigan klinikalarda yuqadi – Qirg‘iziston SSV

Gepatit va OIV infeksiyasining 90 foizi talabga javob bermaydigan klinikalarda yuqadi – Qirg‘iziston SSV

Qirg‘izistonda gepatit va OIV infeksiyasining 90 foizi talablarga javob bermaydigan xususiy kosmetologiya va stomatologiya klinikalaridan yuqadi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri ma’lum qildi.

Alimqodir Beyshenaliyev mamlakatda gepatit bilan kasallanganlar soni 17 ming, OITSga chalinganlar soni esa 13 ming nafarga yetishini aytdi. Shuningdek, vazirlik xususiy stomatologiya va kosmetologiya klinikalarini tekshirishni to‘xtatganini ma’lum qildi.

«2 080 ta litsenziyasiz stomatologiya va kosmetologiya klinikalarini aniqlab, hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirdik. Ammo ular bizga keyingi rejali tekshiruvlar o‘tkazishimizni taqiqlashdi. Shundan kelib chiqib, biz Vazirlar Mahkamasiga litsenziyasiz faoliyat ko‘rsatayotgan klinikalar uchun jarima miqdorini oshirish, tekshirishlar o‘tkazish taklifi bilan xat yubordik. Agar u qo‘llab-quvvatlansa, tekshirishlar qayta tiklanadi», – deydi vazir.

Beyshenaliyev, shuningdek, xususiy klinikalarga murojaat qilishda muassasaning litsenziyasi va mutaxassis bilimini tasdiqlovchi diplomi bor-yo‘qligini tekshirish zarurligi haqida ogohlantirgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring