Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2023-yilda har daqiqada bir o‘limga sabab bo‘lgan kasallik

2023-yilda har daqiqada bir o‘limga sabab bo‘lgan kasallik

Illyustrativ foto

2023-yilda dunyoda qariyb 40 million kishi OITS (SPID)ga olib keluvchi OIV (VICh) virusi bilan yashagan. Shundan 9 milliondan ziyod bemor hech qanday davolanish olmagan, oqibatda har daqiqada bir inson OITS bilan bog‘liq sabablardan vafot etgan. The Independent BMTning yangi hisobotiga asoslanib shu haqda xabar berdi.

Global OITS pandemiyasiga qarshi kurashishda muayyan muvaffaqiyatlarga erishilgan bo‘lsa-da, ijobiy tomonga o‘zgarish sekinlashmoqda: moliyalashtirish qisqarmoqda, kasallikni yuqtirish holatlari soni Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo hamda Lotin Amerikasida o‘sib bormoqda.

Ta’kidlanishicha, 2023-yilda OITS bilan bog‘liq kasalliklar oqibatida taxminan 630 ming kishi vafot etgan. Solishtirish uchun: 2004-yilda OITS 2,1 mln kishining o‘limiga sabab bo‘lgandi — farq katta. Ammo 2025-yildagi maqsadli ko‘rsatkich o‘limlar sonini 250 mingtadan kamaytirish ekani nazarda tutilsa, 630 ming o‘lim — xavotirli ko‘rsatkich.

«Jahon yetakchilari OITS pandemiyasiga 2030-yilgacha nuqta qo‘yishga va’da berishgandi, ular buni uddalashlari mumkin, faqat buning uchun OIVga qarshi resurslar bilan yetarlicha ta’minlashlari va har bir insonning huquqlarini himoyalashlari zarur», — dedi UNAIDS (BMTning OIV/OITSga qarshi Birlashgan dasturi) ijrochi direktori Vinni Byanima.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring