Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tutqich bermas o‘g‘rini mol «sotib qo‘ydi»

Tutqich bermas o‘g‘rini mol «sotib qo‘ydi»

Foto: Xabar.uz

Buxoro viloyati, Romitan tumanida 2 yil ilgari bir bosh qoramol o‘g‘irlagan shaxs topildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, 2021 yilning 20 may kunidan 21 mayiga o‘tar kechasi noma’lum shaxs tomonidan Romitan tumanidagi Yangiobod cho‘l massivi fuqarosi B.S. ga tegishli bo‘lgan bahosi 10.000.000 so‘mlik bir bosh qora mol o‘g‘irlab ketilgan.

Fuqaro murojaatidan so‘ng ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilgan.

Biroq, jinoyatni fosh etish bo‘yicha biror-bir ijobiy natijalarga erishilmay qolgan.

«Tirikchiligimiz asosan, sigir-qo‘ydan-da! Har bir molimni tug‘ilganidan so‘yilgunicha holatini yaxshi bilaman. Mol oldi-sotdi bozoriga borsam, neko‘z bilan ko‘rayki, ikki yil ilgari o‘g‘irlangan o‘zimning molim o‘zimga tanish shaxs tomonidan savdoga qo‘yilgan ekan. Zudlik bilan ichki ishlar organlariga vaziyatni tushuntirdim. Tezda yetib kelishdi», – deydi qoramolning egasi.

Olib borilgan tergov-surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Romitan tumanining «Bog‘cha» mahallasida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan S.S. ismli shaxs sodir qilgani aniqlangan.

Hozirgi kunda S.S.ning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring